Zavodimizga «China Spring Corporation Ltd.» kompaniyasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan keldi.
24.06.2025
Zavodimizga «China Spring Corporation Ltd.» kompaniyasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrifdan asosiy maqsad — ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va mahsulot turlari bilan batafsil tanishish hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish edi. Tashrif davomida tomonlar tajriba almashdi va kelgusida biznes aloqalarni rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirishdi.