Toshkentda MiningMetals Uzbekistan 2024 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
2024-yil oktabr oyida Toshkentda “Togʻ-kon, metallurgiya va metallni qayta ishlash – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Turli mamlakatlar kompaniyalari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmada kon-metallurgiya sanoati uchun yangi texnologiyalar, uskunalar va innovatsion yechimlar namoyish etildi. Ishtirokchilar hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday tadbirlar O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Manba: oz.sputniknews.uz