phone

KOVA Foundry +998909696966 +998909696966 O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Teraktag‘i ko‘chasi


KOVA FOUNDRYdagi ish faoliyati

KOVA FOUNDRYdagi ish faoliyati

Bizning professional jamoamizga qo‘shiling!
KOVA FOUNDRY – bu quyish ustaligi an’analari va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan dinamik ravishda rivojlanayotgan korxona. Biz doimiy o‘sishga intilamiz va zavodimizni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan iste’dodli mutaxassislarni izlayapmiz.

Nima uchun bizda ishlash kerak?

  • Barqarorlik va istiqbollar: Biz professional o‘sish imkoniyatlari bilan ishonchli ish taklif qilamiz.
  • Zamonaviy texnologiyalar: Yangi uskunalar va ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlari bilan ishlash.
  • Rivojlanish va o‘qitish: Biz xodimlarning rivojlanishiga sarmoya kiritamiz, o‘quv mashg‘ulotlari va amaliy o‘quvlar o‘tkazamiz.
  • Do‘stona jamoa: Har bir bosqichda yordam va qo‘llab-quvvatlashga tayyor professional jamoada ishlash.
  • Ijtimoiy kafolatlar: Rasmiy ishga joylashish, munosib maosh va imtiyozlar.

Qanday mutaxassislar kerak?
Biz doimo jamoamizga quyidagi mutaxassislarni kutib qolamiz:

  • Texnolog jarayonlari bo‘yicha muhandislar
  • Quyish ishlab chiqarishi mutaxassislari
  • Sifat nazorati bo‘yicha laboratoriya xodimlari
  • CNC uskunalari operatorlari
  • Savdo va logistika menejerlari
  • Ishchi xodimlar

Savollar nomzodlar uchun:
Sotsial soha (sfera)
1.Doimiy turar joyingiz, ma’lumotingiz, o‘qigan yo‘nalishingiz yoki kasbingiz.
2.Ushbu korxona to‘g‘risida tasavvurga egamisiz (korxona nima bilan shug‘ullanadi)?
3.Qanday vazifani (kasbni) qay darajada yaxshi bajara olasiz?
4.Qancha oylik (maosh) olishni xohlardingiz?

Ishlab chiqarish sohasi
1.Ishlab chiqarishni qanday tasavvur qilasiz?
2.Infratuzilma deganda nimani tushunasiz?
3.Korxonada qanday bo‘lim yoki bo‘linmalar mavjud bo‘ladi?
4.IT yo‘nalishi korxonada qo‘llanilishi qanday holat?
5.Texnologiya nima?
6.Metall eritish / metallurgiya qanday sanoat hisoblanadi?

Xavfsizlik sohasi
1.Korxonalarda xavfsizlik nima uchun kerak?
2.Ishlab chiqarish vaqtida qanday xavfsizlik choralarini ko‘riladi?
3.Birinchi yordam berishni bilasizmi?
4.Aptechkada nimalar bo‘lishi kerak?
5.Jgut nima?

Sifat sohasi
1.Sifat nima? (mahsulotga nisbatan).
2.Korxonalarda sifat tizimi faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3.Standart deganda nimani tushunasiz?

Mahalliylashtirish, yangi loyihalar
1.Mahalliylashtirish nima?
2.Yangi loyiha boshlashdan oldin nima qilinadi?
3.Yangi loyiha uchun mijozdan qaysi hujjatlar olinadi?
4.CAD, CAM, CAE nima?
5.Detal chizmasi nima va u nima uchun kerak?

Mexanik ishlov berish
1.Mexanik ishlov berish nima?
2.Qaysi mashinalar mexanik ishlov berishda ishlatiladi?
3.Mexanik ishlov berishda qanday nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin?
4.Mexanik ishlov berish jarayonida qanday xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak?
5.Mexanik ishlov berishda sovituvchi suyuqlik (SO‘J) qanday vazifani bajaradi?

Metall eritish va quyish
1.Po‘lat va cho‘yan o‘rtasidagi farq nima?
2.Qum qolip tayyorlashda qanday materiallar ishlatiladi?
3.Quyma mahsulot sovib bo‘lgach, qanday ishlovlar beriladi?
4.Metall eritish jarayonida qanday xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak?
5.Agar qolipdan tutun chiqayotganini ko‘rsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz?

Qanday murojaat qilish mumkin?
Agar siz bizning jamoamizning bir qismi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, rezyumeingizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: info@autospring.uz
yoki HR bo‘limimiz bilan telefon/meshenjerlar orqali bog‘laning:
WhatsApp/Telegram/WeChat: +998 (95) 202-01-02.