Корпоративный сайт KOVA Foundry отражает возможности современного литейного производства и механической обработки для промышленного применения.

Подписывайтесь и следите за новостями

HANSAE MOBILITY CO., LTD

image
27.12.2025

HANSAE MOBILITY CO., LTD

Janubiy Koreyaning HANSAE MOBILITY CO., LTD. Kompaniyasi delegatsiyasi zavodimizga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi — ishlab chiqarish quvvatlarimiz, cho‘yan quyish texnologiyalari va laboratoriya faoliyatimiz bilan batafsil tanishish edi.

Uchrashuv davomida biz mehmonlarga tayyor mahsulotlarimiz, amalga oshirilayotgan loyihalarimiz hamda rivojlanish rejalarmizni taqdim etdik. Delegatsiya esa o‘z navbatida kompaniyaning faoliyati, xalqaro loyihalardagi tajribasi va texnologik hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Muzokaralar samarali va do‘stona ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yaqin aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirdilar.